“Adib va kutubxona” loyihasi doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvlarning ikkinchi kuni ham ko‘tarinki ruhda, unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘z nihoyasiga yetdi.
Tadbirning ikkinchi kunida taniqli adib va yozuvchilar — Komil Sindarov, Isajon Sulton, Erkin A’zam hamda bir qator ijodkorlar ishtirok etib, o‘z ijodlari, hayotiy tajribalari va adabiyot olamiga oid qimmatli fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, badiiy adabiyotga bo‘lgan mehrni oshirish hamda ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasidagi samimiy muloqotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu loyiha adabiyot ixlosmandlari uchun haqiqiy ma’naviy bayramga aylandi. Ijodkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning fikr mulohazalarini tinglash har bir ishtirokchiga o‘zgacha taassurot bag‘ishladi.
“Adib va kutubxona” loyihasining mazmunli va fayzli uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.









Ijtimoiy tarmoqlarga a'zo bo'ling!
Yangiliklar va xabarlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling